Haqiqiy tavba – bu, shunchaki, so‘zlar emas (True Repentance Is More Than Just Words)

By Randy Alcorn July 1, 2019

Biz shunday asrda yashayapmizki, siyosatchilar va deyarli har bir kishi o‘z aybining ahamiyatini pasaytirish uchun kerak bo‘ladigan darajadagina uni tan olishadi (agar tan olishsa) va o‘z hayotlarida yashashni davom ettirishadi. Lekin, haqiqiy tavba, aslida, qanday bo‘ladi?  

Tavba bizning Xudo bilan yurishimizdan, oilamiz va bizga eng yaqin odamlardan boshlanadi. Ba’zan, bundan ham uzoqroq borishga to‘g‘ri keladi – masalan, birga va qo‘l ostida ishlaydiganlargacha; umuman, bu qanchalik keng miqyosdagi odamlarga zarar yetkazganimizga bog‘liq. Tavba qilish gunoh tufayli, shunchaki, kechirim so‘rashni emas, shu bilan birga, unga qaytishdan saqlanish uchun qilish kerak bo‘lgan har qanday ishni qilishga bag‘ishlanishni ham bildiradi.

Tavba yo‘qotishlarning ahamiyatini kamaytirishga uringan payta aytiladigan, yaxshilab tayyorlangan so‘zlarni qaytarishdan ko‘proq narsani bildiradi. Haqiqiy tavba juda ochiqdir. U faqatgina yuzaga chiqqan narsalarni emas, undan ko‘proq narsalarni tan oladi. U o‘z yuzini va obro‘sini saqlab qolish umidida ma’lumotni yashirmaydi (masalan, turmush o‘rtog‘imiz yoki do‘stlarimizdan). U o‘zini boshqalarning shafqatiga topshiradi; u boshqalar bizga qanday javob qaytarishlarini yo‘naltirishni yoki boshqarishni nazarda tutmaydi.

Zabur 50-Sanoni o‘qing, unda haqiqiy tavba qanday bo‘lishi ifodalangan. E’tibor bering, bu yerda aybini yumshatadigan vaziyatlar haqida – shoh Dovud qanchalik ish bilan band ekanligi, tepadagi odam o‘zini qanday yolg‘iz his qilishi, Botsheva saroydan ko‘rinadigan joyda cho‘milib qanday mas’uliyatsizlik qilgani, Uriyo qanday beparvo er bo‘lgani haqida so‘z yuritilmagan. Dovud o‘z gunohiga ratsional tushuntirish berishga, uni oqlashga yoki yumshatishga urinmadi. U uni to‘liq, 100 foiz o‘z bo‘yniga oldi. U xato qilganini shunchaki tan oldi.

Xudo Yahyo Cho‘mdiruvchi orqali “Tavbaga yarasha ish tutinglar”, - deb aytadi (Matto 3:8). Tavbaning samimiyligi biz Masihning qayta tiklovchi qudratiga yaqinlasha olishimiz va solih hayot kechira olishimiz uchun o‘z qalblarimizni ozuqlantirish va onglarimizni Kalom orqali qayta dasturlash yo‘lida kerak bo‘ladigan barcha qadamlarni qo‘yishga tayyor bo‘lishimiz orqali namoyon bo‘ladi.  

“Ezilgan, tavba qilgan yurakni sen rad etmaysan, ey Xudo” (Zabur 50:19).

“Endi tavba qilinglar, Xudoga yuz buringlar, toki gunohlaringiz kechirilsin. Shunda Egamiz sizlarga farogʻat vaqtini ato qiladi (Havoriylar 3:19–20).

 

True Repentance Is More Than Just Words

We live in an age when politicians and nearly everyone else only admits to as much wrongdoing—if they admit it at all—as is necessary to minimize it and then move on with their lives. But what does true repentance look like?

Repentance begins with our personal walk with God, our families, and those closest to us. Sometimes it needs to go further than that—for example, to those we work with and under, depending on how broadly we have wronged people. To be repentant means to not just be sorry about sin, but also to be committed to doing whatever is necessary to keep from falling back into it.

Repentance is more than reciting well-rehearsed words while trying to minimize our losses. Genuine repentance is vulnerable. It confesses not just as much as what has been found out, but more. It doesn't withhold information (e.g. from our spouses or friends) in the hope of preserving an image or a reputation. It puts itself at the mercy of others; it does not presume to direct or control them and how they respond to us.

Read Psalm 51, an expression of pure repentance. Notice there is no explanation of the extenuating circumstances—of how busy King David is, how lonely the man at the top is, how irresponsible it was for Bathsheba to be bathing in sight of the palace, how Uriah was a neglectful husband. David didn’t rationalize or justify or qualify his sin. He owned up to it, 100 percent. He simply admitted he was wrong.

God says through John the Baptist, “Bear fruit in keeping with repentance” (Matthew 3:8). The sincerity of our repentance is demonstrated by how willing we are to take the steps necessary to nourish our souls and reprogram our minds from Scripture, so we can draw on Christ’s power to be restored and live righteously.

“A broken and contrite heart, O God, you will not despise” (Psalm 51:17).

“Repent therefore, and turn back, that your sins may be blotted out, that times of refreshing may come from the presence of the Lord” (Acts 3:19–20).

Photo by Benjamin Voros on Unsplash

Randy Alcorn, founder of EPM

Randy Alcorn (@randyalcorn) is the author of fifty-some books and the founder and director of Eternal Perspective Ministries