Jannat baxtidan nafas oling (Breathe in the Happiness of Heaven)
article
Ota-onam Xudoga ishonmasdi. Mana shunday oilada tug‘ilib o‘sdim. Keyin o‘smirlik davrimda Masih haqida ilk bor eshitdim. Avvaliga Muqaddas Kitob hikoyalari men sevib o‘qigan yunon mifologiyasi va komikslarga o‘xshashday tuyuldi. Keyin Xushxabar hikoyalarini o‘qidim va Iso haqiqatan ham borligiga ishondim. Shundan so‘ng men bilgan superqahramonlar Uning oldida hech narsa emasligini tushundim. Iso meni qutqarganida, men shu paytgacha hech qachon bilmagan ajoyib bir baxtni his qildim va bu baxt meni hanuz tark etgani yo‘q. Qalbimdagi cheksiz quvonch qayta tug‘ilganim, gunohlarim kechirilgani va Xudoning Ruhi menda yashay boshlaganining natijasidir. «Itoatsizligi kechirilganlar baxtlidir, Egamiz kimning gunohidan o‘tgan bo‘lsa, o‘sha inson baxtlidir» (Zabur 31:1).